She’r sotish haqida

Assalomu alaykum! Men she’r yozaman, o‘zim Tojikistondanman, kitob o‘qishni yaxshi ko‘raman, boshqa davlatdan bo‘lganligim bois bu erda o‘zbekcha kitiblarni topish muammo bo‘layabdi. Shuning uchun yozgan sherlarimni sa’natkorlarga sotib, puliga kitob olib o‘qisam halol bo‘ladimi? O‘zim talaba bo‘lganligim bois hozirda Tojikistondan O‘zbekistonga pul chiqarish muammo bo‘layabdi. Yana dostavkaning puli bor. Bir ikkita sanatkorlar she’rim so‘rashayabdi, shu ishim halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo she’rlaringiz fahsh va fasodga chaqirmaydigan ma’noli bo‘lmog‘i kerak. Siz qo‘shiqchilarga emas, balki kitob nashr qiladiganlarga soting. Shariatimizda qo‘shiqchining pulidan qaytarilgan.الربا و الرشوة و أجرة الزنا و أجرة الغناء، كلّ ذالك حرام سخت، لم يخرج من ملك صاحبه، فلا يجوز تأدية القرض به  «Ribo, pora, zino va otarchilikdan topilgan pullarning barchasi harom, nopokdir. Bular beruvchining mulkidan chiqmagan bo‘lib, qarzni bular bilan ado qilish joiz emas».
Fiqh kitoblarimizdan olingan ushbu iboradan ko‘rinib turibdiki, haromdan topilgan mol kimdan olingan bo‘lsa, o‘shaning mulki hisoblanadi. Agar egalari aniq bo‘lsa, ularga qaytarib berish vojibdir. Agar ma’lum bo‘lmasa, ular kimning moli bo‘lsa, o‘shalar tarafidan sadaqa qilish vojib bo‘ladi. Kim ushbu moldan qarzini to‘lasa, birovning molini ishlatgani uchun gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 179 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar