Ruh haqida

Assalomu alaykum! Bilamizki ruhning haqiqiqatini faqat Alloh biladi. Lekin insonga O‘z ruhidan pufladi degan iborani mahkam ushlab, bu iboraning kayfiyatiga kirishib "Alloh gunohkor odamga qiyomat kuni mening ruhimni nima qilding? Axir uni rasvosini chiqarib tashlabsanku deydi" deb aytish qanaqa gap bo‘ladi? Ommaga ma’ruza qilayotgan odamning shu gapiga qarab tanamizdagi ruhimiz aynan Alloh subhanahuning ruhi ekan deb e’tiqod qilsak bo‘ladimi? Biz bir ahli ilim akamizning shu gaplarini hazm qila olmay sizdan shu masalaga oydinlik kiritib berishingizni so‘ramoqdamiz. Joiz bo‘lsa javobingizni ham ushbu muhtaramga taqdim etsak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Allohdan boshqa Allohga nisbat berilgan narsalarning hammasi Allohning maxluqlari hisoblanadi. Allohning ruhi deganda Allohning o‘zining ruhi bor deyish noto‘g‘ri e’tiqod. Alloh taolo “O‘z ruhimdan” degan o‘rinlarda “Yaratgan maxluq ruhimdan” degan narsani tushinish kerak. Xuddi “O‘z ne’matimdan” deganda maxluq ne’matlar tushunilganidek. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 02:52 | Savol-javoblar | 150 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar