O‘ttizinchi pora hali topilmaganmi?

Assalomu alaykum, Shayx Hazratlari! Sizga bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim. Bir o‘tirishda besh mahal namozni kanda qilmaydigan bir do‘stimiz aytib qoldi: emish-ki, Qur’oni Karim 30 emas 29 poradan iborat, o‘ttizinchi pora hali topilmagan emish va qachon-ki topilsa, osmon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatilar emish. U bunday ma’lumotni qaerdan oldi bilmadim va “osmon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi” deganda nimani nazarda tutgani ham tushunarsiz qoldi. Nahotki shu so‘zlar to‘g‘ri bo‘lsa? Iltimos, shu haqida ma’lumot bersangiz. Sizga Allohdan uzoq umr tilab, savolimga javob kutib qolaman. Javobingiz uchun avvaldan katta rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Besh vaqt namoz o‘qigan yaxshi. Ammo ushbuga o‘xshash gaplarni aytish gunoh. Bilib qo‘yish kerak haqiyqat shulki, besh vaqt namoz o‘qish har xil gaplarni gapiraverish haqini bermaydi. Bu kabi Qur’onga, dinga va shariatga oid gaplarni faqat diniy o‘qishlarni tamomlab hujjat olgan ulamolar gapiradi.- Sizning do‘stingiz juda ham katta yolg‘onni gapribdi. Uning gapini e’tiborga olmanglar. Bu gapni uning o‘ziga ham, o‘sha o‘tirishda bo‘lgan boshqa kishilarga ham etkazib qo‘ying.

27 May 2022, 06:06 | Savol-javoblar | 172 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar