Vaqtinchalik hisobga pul tushirib evaziga pul olish
Assalomu alaykum! Ustozlar, men o‘qiydigan davlatda yashash va ishlashga ruxsatnoma muddatini uzaytirish uchun, migratsiyaning o‘z shartlari bor. Shuning uchun menga bankdan hisob raqamimda 5000$ bor ekanligi haqida malumot kerak bo‘ladi. Buning uchun mening hisob raqamimga boshqa bir inson shu pulni vaqtinchalik yuborib turib, ma’lum muddatdan so‘ng (spravka uchun 2 yoki 3 soatga) uni qaytib olib, shu xizmati evaziga 50$(aniq summa) so‘rasa, bu holatda halolmi yo harommi? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin, oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ribo bo‘ladi. Bu qarz berib ustiga ustama olishdir. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 13:31 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ribo bo‘ladi. Bu qarz berib ustiga ustama olishdir. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 13:31 | Savol-javoblar | 159 | Halol va harom