Shu rost gapmi?

Assalomu alaykum! Men "Tarixi Muhammad" kitobini telefondagi elektron usulini okip yuripman, inshAlloh kitobinixam olaman.U kitobda shunday eri bor ekan"Buning muddati haqida olti oydin uch yilgacha rivoyat bordur. Bu muddat ichida Payg‘ambarimizning ruhoniy lazzat talabida zavqshavqlari ziyoda bo‘lib, kecha-kunduz vahiy intizorligini tortar edilar. Bu ulug‘ ne’matning kechikib qolishidin andishaga tushib, buning hasratida g‘am-qayg‘ulari haddin osha ko‘paygani turdi. Bu judolik hasratidin shu daraja g‘amlari g‘alaba qildikim, ulug‘ tog‘lar boshidin o‘zlarini tashlab halok bo‘lish fikri ham ko‘ngillariga kelur edi. Ko‘p toqatsiz bo‘lib, ish og‘irlashganda Jabroil alayhissalom ko‘rinib: «Ey Muhammad, sabr qil, albatta, sen Payg‘ambardursen, vaqt yaqindur» deb tasalli berur edi.shu gaplar kitobda bormi.Dostlarimga kitobdan tushinganlarimni aytib berip yuripman shu jumlani xam aytsam bogami.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu kabi voqealar bo‘lgan. Lekin bular vahiyga tayorlash uchun Allohning hikmati asosida bo‘lgan. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 205 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar