Boshqa yurtdan hajga borish

Assalomu alaykum! Haj ibodatini amalga oshirish uchun o‘zini vatanidan borishi kerakmi yoki chet elda o‘qiyotgan ishlayotgan bo‘lsachi, u erdan haj ibodatini o‘sha erdan nari borib ham bajarsa bo‘ladimi? Bir kishidan so‘rasak bo‘laveradi bizdan ketish qimmat qaerdan bo‘lsa ham amalga oshirsa bo‘ladi deyishdi. Bir kishi esa uni aksini aytdilar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zimmasiga haj farz bo‘lgan odam kechiktirmasdan qaerdan bo‘lsa ham borsa bo‘ldi. Faqat o‘zi yashab turgan joydan qiladi degan gap noto‘g‘ri. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 152 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar