Taloqni xotin eshitmasa

Assalomu alaykum! Xotinim uyda yo‘g‘ida xotinimni uch taloq qildim desam va buni bir guvoh eshitsa uch taloq tushadimi? Taloqni xotin eshitmasa taloq tushmaydi deganlar ham bor, boshim qotib qoldi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bitta guvoh emas o‘zidan boshqa hech kim bo‘lmagan joyda o‘zi eshitadigan darajada aytsa ham taloq tushadi. Holat aytganingizdek bo‘lsa, oralaringizga uch taloq tushgan.Uch taloqdan keyin birga yashashga yo‘l yo‘q. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar