Qasr nomozi haqida

Assalomu alaykum! Tanishim jizzaxdan toshkentga ishlagani ketdi. Agar 1 oydan uzoq muddatga niyat qilib ketib 15 kundan oldin qaytib kelsa shu yashagan 15 kungacha bo‘lgan nomozini qasr qilib o‘qidimi yoki to‘liq?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir oydan uzoq muddatni niyat qilib, 15 kundan oldin qaytsa ham Toshkentda namozni to‘liq o‘qiydi. Jizzax va Toshkent orasida yo‘lda qasr qiladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 05:41 | Savol-javoblar | 160 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar