Ro‘za tutsang taloq desa

Assalomu alaykum! Sizlarga bir opamizni iltimoslari bilan savol yo‘llamoqdaman. Opamiz ramazon oyida Allohning farzi bo‘lmish ro‘zani doim tutar ekanlar. Bir kuni xo‘jayinlari ularga yaqin qarindoshlarini borib ko‘rib kelishni aytibdilar. Ular xo‘p deb uy ishlari bilan band bo‘lib yaqinlarin ko‘rgani bora olmabdilar. Xo‘jayinlari kelib bordingmi deb so‘raganlarida ular bora olmaganlarini aytibdilar. Xo‘jayinlari jaxl ustida agar bundan keyin ro‘za tutadigan bo‘lsang uch taloqsan deb gapiribdilar. O‘sha kuni opamiz sabablarga ko‘ra ro‘zador bo‘lmagan ekanlar. Opamiz shundan keyin ro‘za tutmabdilar. Besh oltita ilmli insonlarga bo‘lgan vokeani aytib maslaxat berishlarini so‘rasalar xammalari xar xil javob berishibdi. Birlari Allohning farzi bo‘lgan ro‘zani xo‘jayingiz taloq desa xam tushmadi tutavering Allohning farzi oldida eringizni gapi o‘tmaydi desalar, birlari eringiz bir taloq qo‘ysin keyin uch oy idda saqlab o‘tirasiz va boshqatdan nikox o‘qiymiz deyishibdi. Yana birlari esa farz ro‘zani tutaverasiz nafl ro‘za tutsangiz uch taloq tushadi nafl ro‘za tutmang deyishibdi. Xammalari xar xil gap aytishgani uchun bir qarorga kela olmay ikki yildan beri ro‘za tuta olmas ekanlar. Xo‘jayinlariga sizni gapingiz tufayli farzimiz bo‘lmish ro‘zani tuta olmayabman desalar. Men seni uch taloq qo‘yish maqsadim bo‘lmagan ro‘zangni tutaver o‘sha kuni qattiq jaxlim chiqqandi shunga bilmay aytvordim debdilar. Sizlardan iltimos bu opamiz qanday yo‘l tutsinlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farz ro‘za tutsa ham taloq tushadi. Bir taloq qo‘yib, iddasi chiqqanidan keyin ro‘za tutsin. Shundan so‘ng qayta nikohlanaveradi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar