Oilaviy birga yashash
Assalomu alaykum! Islomda bizninig dinimizda aka ukalar o‘z oila, xotini va bolalari bilan bitta uyda yashasa bo‘ladimi? Ya’ni domda yoki uchastkada?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Shariat qoidalariga amal qilib yashashlari mumkin. U qoidalarga aka-ukalarning ayollari aka-ukalarga nomahram ekanliklari ham kiradi. Avratlari xuddi begonalardan berkitgandek berkitishlari shart. عَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِيَّاكُمْ وَالدُّخُولَ عَلَى النِّسَاءِ. فَقَالَ رَجُلٌ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَفَرَأَيْتَ الْحَمْوَ؟ قَالَ: الْحَمْوُ الْمَوْتُ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ayollarning oldiga kirishdan ehtiyot bo‘ling!» dedilar.
Shunda bir odam:
«Ey Allohning Rasuli, erning qarindoshiga nima deysiz?» dedi.
«Erning qarindoshi o‘limdir!» dedilar u zot».
Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nomahram erkaklarni ayollar oldiga kirishdan man qilmoqdalar. Chunki bu juda ham xatarli ishdir. Hech kim yo‘q joyda bir ayol bilan bir erkakning xoli qolishiga olib keladi.
Bu esa o‘z navbatida noshar’iy, harom ishga, hech bo‘lmaganda shubhaga, yomon fikr tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Faraz qilaylik, bir ayol o‘z uyida yolg‘iz o‘tiribdi. Eshikdan bir nomahram erkak chaqirib keldi. Ichkariga kirdi. Uyda mazkur ayoldan boshqa hech kim yo‘qligini bildi. Shu payt ikkisini ham shayton vasvasa qilishi, zinoga boshlashi hech gap emas. Bunday holatlar tez-tez bo‘lib turishini hamma yaxshi biladi. Zinoning ko‘pchilik holatlari ayni begona erkak va ayolning bir joyda xoli qolishlaridan boshlanishi hech kimga sir emas.
Ba’zi birlar da’vo qilganlaridek, xoli qolgan erkak va ayol ochiq ko‘ngillik bilan, «do‘stona» gaplashib o‘tirishdi ham deylik. Nimani gaplashishadi? Shu payt xotinning eri yoxud erkakning xotini kelib qolsa, ular do‘stona gaplashib o‘tirishibdi, deb o‘ylaydimi? Umuman, boshqa bir odam, qo‘ni-qo‘shni ko‘rib qolsa-chi?
Ba’zi bir kishilar «Uyga erning qarindoshlari kelib-ketib turishadi. Zarurat yuzasidan hech kim yo‘g‘ida xotinning oldiga kirsa nima bo‘ldi?» deyishadi.
Sahobai kiromlar ham xuddi shu savolni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashgan ekan. U zot bu ish o‘lim bilan barobar ekanligi haqida xabar beribdilar. Ya’ni, bu ihoyatda xatarli ish, debdilar. Chunki bu narsa beparvolikka sabab bo‘ladi. Mazkur e’tiborsizlik oqibatida esa harom ish sodir bo‘lishi hech gap emas.
Akasining xotini bilan zinoda qo‘lga tushgan ukalar oz emas. Shunga o‘xshash, boshqa nomahram qarindoshlar ham. Shuning uchun zinhor va zinhor ushbu hadisi sharifga xilof qilmaslik kerak. Buning uchun kimdir bu shar’iy amrni tark etgani tufayli zino qilib qo‘ygan yoki shubhaga qolib, bir oila buzilgan bo‘lishi shart emas. Shariatda bir hukm joriy bo‘lganmi, mo‘min-musulmon kishi unga qat’iy amal qilaverishi lozim. عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تَلِجُوا عَلَى الْمُغِيبَاتِ، فَإِنَّ الشَّيْطَانَ يَجْرِي مِنْ أَحَدِكُمْ مَجْرَى الدَّمِ. قُلْنَا: وَمِنْكَ؟ قَالَ: وَمِنِّي وَلَكِنَّ اللهَ أَعَانَنِي عَلَيْهِ فَأَسْلَمُ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Eri g‘oyib ayollar oldiga kirmanglar. Chunki shayton har biringizning qon tomiringizda yuradi», dedilar.
Biz u zotga:
«Sizda hammi?» dedik.
«Menda ham. Lekin men Alloh yordam berib, salomat qolganman», dedilar».
Sharh: Eri g‘oyib, o‘zi yolg‘iz ayolning oldiga begona erkakning kirishi shaytonning vasvasasiga yo‘l ochishi turgan gap. Bunday paytlarda har qanday erkak, har qanday ayol ham shaytonning vasvasasidan qutulib qolishi amri mahol. Hatto Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham bu narsadan o‘z hollaricha qutulmagan ekanlar. Alloh taolo u zotga maxsus yordam berib, alohida ravishda saqlab qolgan ekan. Bu payg‘ambarlik ma’sumligidir. Buning ma’nosi shuki, Alloh taoloning O‘zi barcha payg‘ambarlarni, shu jumladan, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni ham shayton vasvasasiga uchishdan, gunoh sodir etishdan saqlagan.
Shunday bo‘lganidan keyin hech kim beparvo bo‘lishi kerak emas. Hamma, kim bo‘lishidan qat’i nazar, bu masalada o‘zini saqlashi lozim. وَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَا يَخْلُوَنَّ رَجُلٌ بِامْرَأَةٍ إِلَّا كَانَ ثَالِثَهُمَا الشَّيْطَانُ. رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Bir erkak zinhor bir ayol bilan xoli qolmasin! Aks holda uchinchilari shayton bo‘lur», dedilar».
Ikkisini Termiziy rivoyat qilgan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:01 | Savol-javoblar | 136 | Administrator