Taksi xizmati

Assalomu alaykum ! 1). Savolim shuki taksiga xarxil odamlar chikadi, agar mashinamga menga nomaxram ayol chiqsa mening niyatim faqatgina pul topish bo‘lib u ayolga qaramasan gaplashmasan niyatim buziq bo‘lmasa faqatgina xalol pul topish bo‘lsa shu olayotgan pulim xalol bo‘ladimi? Bir o‘zini olib borib qo‘yishim joizmi? 2). Yandeksda ishlayotgan edim menga bir odam chiqti ko‘p yurdik ishi bilan va do‘konga kirib chiqay deb spirtnoy olib chiqdi. Shunda uni tushirib yubora olmadim, agar mashinamga chiqishidan oldin bilganimda u odamni olmasdim. Shunaqa vaziyatda nima qilishim kerak? 3). Shu odamdan olgan pulim xalol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Tunda yolg‘iz qolishingiz yaxshi emas. Kunduzida yon atrofdagi insonlar bilan yolg‘iz qolgan hisoblanmaysiz. Ulamolar shunga fatvo berishdi.2). Bilmagan holatingizda uzrli bo‘lasiz, lekin bilib turib qilsangiz teng sherik bo‘lasiz.3). Sizning xabaringiz bo‘lmagani uchun harom bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar