Cho‘ntagini boyitish maqsadida dindan foydalanadigan guruhlar
Assalomu alaykum! Hozirda telegram ijtimoiy tarmog‘ida har xil islomiy savollar, ma’ruzalar deb nomlangan guruhlar ko‘payib ketdi. Ular Alloh yo‘lida bizga odam qo‘shib bering deb yozishadi. Odamlari ko‘payganidan keyin reklama orqali pul topishadi. So‘ramoqchi edimki, o‘z cho‘ntagini boyitish maqsadida dindan foydalanish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunimizda shunday kanallar ko‘payib ketgan. Biz ularni ochgan kishilar savob umidada harakat qilishyapti deb yaxshi gumon qilamiz. Lekin ular qilyapgan ishlariga ba’zi mulohazalar bor. Asosiysi o‘zlari biror kalima yozmasdan, bir daqiqa video yoki audio yozmasdan, boshqalarning mehnatini tarqatib, musulmonlarning dinlarini o‘rganishga bo‘lgan ixloslaridan foydalanishyapti. Agar o‘zilari ana shu ma’lumotlarni tayyorlab qo‘yganlarida ham, qilyapgan ishlarini bir navi to‘g‘ri desak bo‘lar edi. O‘zi tarqab turgan ma’lumotlarni bir erga to‘plab, yana yangidan odam yig‘ib, bunday harakat qilishlari dindan tijorat uchun foydalanishga o‘xshab qo‘rinyapti. Albatta bunday dindan o‘z manfaati yo‘lida foydalanish durust emas. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar