Nima ish tutay?

Assalomu alaykum! Men Koreyada o‘qiyman. Bir oy oldin bilmasdan, yoshlik qilib o‘g‘rilik qilganman. Bir necha kun oldin esa ishlab yig‘ib qo‘ygan pulimni yo‘qotdim va uyim oldidagi kamerani ko‘rsam o‘zimni o‘rtog‘im olgan ekan. Men undan 4-5 marta so‘radim, u ko‘rmadim deb javob berdi. Keyin men balkim o‘g‘irlagan narsamni jazosidir bu deb o‘ylab qoldim. Hozir nima qilishni bilmay turibman. O‘rtog‘imdan pulimni qaytarishini, men uni kamerada ko‘rganimni aytib, bermasa militsiyaga topshirib yuboraman deb aytaymi yoki Alloh jazoimni berdi deb hisoblab hech narsani bilmagandek yuraymi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Olganingiz birovning haqqini ham bering, haqqingizni ham oling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:57 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar