Kuchukni o‘ldirish mumkinmi

Assalomu alaykum! Bizni uyimizda tug‘adigan kuchugimiz bor Dadam kuchuk boqishni yaxshi ko‘radi u kuchuk tulaydigan vaqt juda kuchuklar uyimizga kop keladi sharmandali holatlar ham oldin bolgan endi bo‘lsa kuchugimiz 7ta tug‘ub berdi men o‘qigan imda 3toifada n boshqa kuchuklarni boqish joiz emas edi dadamga aytgan edim kuchukni oldirib yuboraylik deb dadam ko‘nmadi o‘sha kuchugimiz yaqinda bolalarini boqish uchun 4ta jo‘jamizni eb qoydi dadamga aytdim o‘ ldirish kerak edi deb men kuchukka doiri olib kelib o‘ldirsam boladimi bundan ketin ham shuncha kuchuk nj gunohi bizga kelib turadimi ularni baribir kimgadir beramizku astag‘firillloh ustoz bu haqda bir opam ham mendan soragandi 3toifadan boshqa kuchuklarni doir bilan o‘ldirib yuborsak boladimi masalan bizni kuchuk faqat uyda yuradi bizni savobimiz kamyaptimi Opamga dadail kuchukini o‘ldirish i mumkin deb aytsam boladimi toliqroq malumot bering Alloh ilminguzni ziyoda qilsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariat bo‘yicha it boqish faqat qo‘rovullash uchun yoki ov uchun ruxsat berilgan, yana it bor uyga farishtalar kirmasligi hadislarda kelgan. It boqishda uning najosati tegishi va undan poklanish ilmini ham bilish zarur, bo‘lmasa ibodatlaringizga futur etadi. Sizlarning holatingizda it nima sababdan boqiladi bizga nomalum. Shunga uni berib yuborish yo‘lini topib otangizni ko‘ndring, albatta buni deb otangizni qalbini og‘ritib oqq bo‘lib qolishdan ehiyot bo‘ling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 203 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar