Ushr olishim mumkinmi?

Assalomu alaykum! Ushr sadaqami yoki exsonmi? 2). Men 4 mln ga yaqin oylik olaman. Menga ushr olish joizmi? 3). Do‘stim asalari boqadi, u menga 1 litr idishda asal berdi. Uni hadya deb o‘ylab oldim, "shart emasdi, xech bo‘lmasa pulini ayt, beray" degan edim, u "Bu ushr" deb aytdi. Aniq ma’lumotga ega bo‘lmaganim uchun asalni uyga olib keldim, lekin farzandlarimga edirganim yo‘q. Mening bu xolatimda nima qilish kerak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ushr vojib sadaqa hisoblanadi. 2). Joiz emas. 3). Xotiningiz nisobga qodir bo‘lmasa xotiningizga bering. Keyin siz ham asaldan esangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 13:52 | Savol-javoblar | 153 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar