Namoz vaqtlari

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, savolim noo‘rin bo‘lsa, oldindan uzr so‘rayman. Namozlarni o‘z vaqtida o‘qib borishga xarakat qilyapman, ammo bir narsani tushuna olmadim: misol uchun taqvimda bomdod namoz payti 5-30 dan 07-00 gacha bo‘lsa, shu vaqt oralig‘ida, ya’ni kechroq uyg‘onsam  07 gacha o‘qib olsam to‘g‘ri  bo‘ladimi? Yoki peshin namozida masjidda doim 13-00 da o‘qiladi, taqvimda esa 12-30 bo‘lsa, shu paytda o‘qib olsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ha. Vaqtida o‘qigan hisoblanasiz. 2). 12:30dan boshlab asrning vaqti kirguncha o‘qilsa o‘z vaqtida o‘qilgan hisoblanadi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 01:46 | Savol-javoblar | 164 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar