Bankdan olingan foiz

Assalomu alaykum! Men 2018-yil sentabr oyida bankka omonat uchun pul qo‘yganman va 2020-yil fevral oyigacha har oyda omonat pullarini olib ehtiyojim uchun ishlatganman. Endi qilgan gunoximni qanchalik ekanligini bilib qo‘rqib ketaman. Xisoblab chiqdim qariyb 12 000 000 so‘m olgan ekanman. Lekin bank bilan tuzilgan shartnomani buzib pullarni muddatidan avval olganim uchun 2 000 000 so‘m dastlabki qo‘ygan mablag‘imdan kam qaytarib olganman. Bu qilgan gunoximni yuvishim uchun olgan pullarimni savob umid qilmasdan faqir-miskinlarga tarqatib yuborishim kerakligini ham bilaman. Savolim shuki, hozir bu miqdorda pulim yo‘q, vaqti soati kelib bu ishga qodir bo‘lsam qancha beriladigan pulni nimaga mo‘ljallab olsam bo‘ladi va o‘sha 2000000 so‘mni ham inobatga olamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bankka qo‘ygan qarzingizni tanini olasiz, ortgan foiz pulini hisoblab faqir miskinlarga savob umid qilmasdan berib yuborasiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 166 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar