Sunnatni tugatmasdan takbir aytib qolinsa

Assalomu alaykum! Masjidga kechikib keliganda peshin namozini sunnatini o‘qib ulgurmasimdan farz uchun iqomat takbiri aytildi, sunnatni yakunlab keyin kelgan joyidan jamoatga qo‘shilishim kerakmi yoki kelgan eyrimda salom berib darxol farz namoziga o‘tishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu siz to‘rt rakat sunnatning qaysi rakatida ekanligingizga bog‘liq. Agar birinchi yoki ikkinchi rakatda bo‘lsangiz, ikkinchi rakatning qa’dasini tugatib salom berib namozdan chiqasiz va farzga iqtido qilasiz. So‘ng farzdan keyin uning qazosini o‘qiysiz. Agar uchinchi yoki to‘rtinchi rakatda bo‘lsangiz to‘rt rakat sunnatni to‘liq o‘qib keyin jamoatga qo‘shilasiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar