Qurt qumursqa savdosi
Assalomu alaykum! Bir tanishim baliqqa pashsha qurti ya’ni ( chyornaya lvinka qurti) etishtirib sotadi bu savdo joizmi? U qurt mol najosati ichida o‘sadi va istemol qiladi, najosatning savdosi xarom deb eshitgandim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hashoratlarni iste’mol qilish hanafiy mazhabida harom hisoblanadi. Ularni savdosi borasida uning keltiradigan insonga manfaatidan kelib chiqadi. Masalan ipak qurti, zuluk, asal ari kabi hasharotlarni foyda keltiruvchi bo‘lganidan ulamolar savdosini ruxsat berishgan. Hanafiy mazhabidagi mutabar faqihlardan imom Hasfakiy bu borada bir qoidani aytib o‘tgan: “Hasharotlarning savdosining joiz bo‘lishi undan keladigan foydalanishning halolligiga taalluqlidir”. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 12:04 | Savol-javoblar | 174 | Moliya va tijorat