Nikohdan keyin o‘gay qiz
Assalomu alaykum! 1. Farzandim qornimda 2 oyligida ajrashganman. Hozir farzandim tug‘ildi 6 oylik qiz farzand ismini Soliha qo‘ydim farzandimning otasi biror marta habar olmadi va farzandimni ko‘rmadi. Man yana farzand ko‘rishni farzandim otasiz qolishini istamayman. Agar boshqa insonga nikohlansam qanaqa majburiyatlari bo‘ladi qizim va u inson borasida. Usha insonga qizim nomahram bo‘ladimi. 2. O‘z erimni alimentga bergandim 3 million oylik olardilar lekin ular soxta hujjat tayyorlab 700 ming oylik olaman didilar farzandimga 200 ming aliment tolaydilar manga 2 yoshgacha moddiy yordam to‘lashdan bosh tortdi bo‘lamni ham alimentini bermayapti oladigan pulini yolg‘on ishlatib kam pul to‘lagani uchun shariyat qanaqa qaraydi. Farzandimni o‘zimning otam taminlab, qolgan bo‘lalardan kam qilib o‘stirmayaptilar otam shundan ham savob oladilarmi alhamdulillah farzandim juda ham rizqli.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Yana boshqa insonga turmushga chiqsangiz va u bilan er-xotin bo‘lib qo‘shilsangiz, qizingiz o‘sha kishiga mahram bo‘lib qoladi. Keyingi eringiz o‘zi xohlab qizingizga nafaqa qilsa, savob oladi. Lekin bu uning mas’uliyati emas.2). Qizingizning nafaqasi o‘z otasiga vojib bo‘ladi. Balog‘at etguncha o‘z otasi nafaqasini qilishi kerak. Agar qilmasa gunohkor bo‘ladi. Otangiz ham albatta savob oladilar. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 06:35 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush