Qilingan barakadan qaytish

Assalomu alaykum! Biz Uzbekistondan chet davlatga kishlok xujaligi maxsulotlarni sotish bilan shugullanamiz. Maxsulotni dexkon etishtiradi, bizning ishimiz shu maxsulotlarni kandolab chet Davlatlarining va bizning Davlatimiz talabi asasida kerakli vazni, zarur xujjat saralash ortish va kup sharoitda yul kira yumushlarini xam xal kilishdan iborat. Dexkon bilan urtamizda yana dallol bulib u dexkonga biznig shartlarimiz asasida narxini kelishadi va shunga xak oladi. Kup sharoitlarda dexkonlar shu dallolar orkali savdo kilishadi.Savolimiz kuidagicha: xamma shartlarni ikki taraf kelishib rozi bulganidan keyin kelishuvga karab umumiy narxidan bir mikdori dexkonga garov sifatida beriladi, ya’ni agar oluvchi maxsulot olishdan bosh tortsa (assosiz) garov puli dexkonda koladi, lekin baraka kilingandan keyin boshka xaridor shu maxsulotga kuprok pul va’da kilsa yoki bozorda shu maxsulotga narx oshsa dexkon fakat olgan garov mikdoridagi pulini kaytarsa oluvchi shunda dexkonga ishonib xam vaktini xam maxsulotdan yutkizadi. Chunki kelishilgan vaktidagi narx va maxsulotni topa olmaydi va bundan tashkari Chet davlatdagi xardor oldida dexkonning va’dasiga ishonib bergan amalietni bajarmaganligi uchun jarima yoki boshka talablarni bajirishi kerak buladi va bajaradi xam buni davlatimiz xukukni muxofaza kilish idoralari nazorat kilishadi. Ammo dexkon xech vakt narx tushsa arzon buldi, mayli, arzondan beraman deb aytmaydi. Urtadagi dallol xam (agar dexkon bilan kelishib olmagan bulsa) dexkon aynisa men undan kuch yoki boshka yul bilan maxsulotini olishga xech iloji kila olmayman deydi. Shu sharoitda va’dasidan kaytgan dexkonga urtada turga dallolga Shariat buyicha nima xukm kilinadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savdo tuzilganidan so‘ng uni ikki tarafning roziligisiz buzish joiz emas. Ikki tarafning roziligi bilan buzilsa, haridor bergan zakladini qaytarib olishga haqlidir. Vallohu a’lam!

15 Iyun 2022, 18:20 | Savol-javoblar | 169 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar