Taom sabab o‘lim bo‘lishi

Assalomu alaykum! Bir tanishimni uyida bir taom umuman tayyorlanmas ekan sababini so‘rasam har gal o‘sha taom tayyorlanganda yaqin kishisi olamdan o‘tib qolgan emish shundan beri qo‘rqannidan o‘sha taomni qilmas ekan. Bu gunoh sanaladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatda unday gap yo‘q. Odamning o‘limini halol bo‘lgan taomdan ko‘rish oqil odamning gapi emas. Mabodo o‘sha taom eganni salomatligini yomonlashtirsa undan saqlangan yaxshi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 06:46 | Savol-javoblar | 179 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar