Arikda kir chaykash

Shayx xazrat,bizning joylarda ayolarimiz kir yuvishning oxirgi kismini,ya’ne chaykab tozalashni kuchadan utgan arikda chaykashadi.Bu arikdan pastdagilar suv ichishadi.Buni kilmang desak,ular "suv uch yoki etti marta aylansa toza buladi,xech nima kilmaydi"deb baribir kilishaveradi.Balki ularni aytgani tugridir,lekin najosatni suvga okkizib tursa,kurgan odam suv ichgisi u yokda tursin,chumilgisi xam kelmaydi.Shu xakda ikki ogiz gapirib utsangiz,man xarakat kilaman ularga etkazishga va umid kilamiz shunakangi xolat kamaysa,iltimos.Javobingiz uchun oldindan tashakkur aytib,olloxdan siz va oilangizga din yulida kilayotgan ishingizda madad surab duo kilamiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ularga to‘g‘ri qilishmas ekan degan gapning o‘zi etmasa, nima qilish kerak. Unday odamlar o‘zining qilmishiga bohana izlashga o‘rganib qolishgan. Agar ozgina o‘ylab ko‘rishganida bu ishni o‘zlariga ep ko‘rishmas edi. Mo‘minga ozor berish haromligini hamma biladi. Ularning bu ishi o‘sha ariqdan suv ichadigan barcha mo‘minlarga ozor emasmi?!

3 May 2022, 10:55 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar