Otaga oq bo‘lgandan qo‘rqib
Assalomu alaykum! Ming bir xijolat bilan yozmokdaman, 25 yoshdaman uylanishga farzandli bo‘lishga kurkayapman negaki yoshligimda otamga qo‘l ko‘targan farzandman. Otam doim ichardilar, bizni tarbiyamizgayam oilagayam muxabatsiz inson edilar, men 11-14 yoshlar orasida edim onamni urardilar, men esa ximoya qilish maqsadida otamga qo‘l ko‘targanman, otam xam otasiga bir necha bor qo‘l ko‘targanlar yoshligimizdan ko‘p ko‘rardik, otam oxir oqibatda ichkilik orqasida jigar tsirroz kassalligidan o‘tib kettilar, shundan keyin oilamizga baraka kirdi xammasi joyiga tushdi, xozirda Alxamdulillax iymon islomni angladim ibodatdaman va o‘sha kunlarni eslasam o‘zimdan nafratlanaman ming azobdaman, baribir otamga qo‘l ko‘tarishim xatoligini endi anglayapman. Agar xozirdagi aqlim bo‘lganda aniq otamga bunaqa axmoqona ishni qilmasdim, ertaga farzandim xam meni shu axvolga solishidan katta xadikdaman....
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qilganingizga tavba qiling, imkon boricha otangizni nomidan ko‘p sadaqalar qiling. Allohdan yaxshilikni umid qilib uylaning, farzandlaringizga shariatni o‘rgating. Shunda farzandingiz sizni shariatga muvofiq ehtirom qilib e’zozlaydigan bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 07:18 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar