Nasiyaga olib sotishda

Assalomu alaykum! Biz do‘konimizda maxsulotlarni nasiyaga olib sotkandan so‘ng pulini maxsulot etkazib beruvchiga beramiz shu ishimiz to‘g‘rimi? Sotsam pulini beraman deyish? Bunga maxsulot etkazib beruvchixam rozi yoki aniq kun belgilashimiz sharatmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savdo yo naqd bo‘ladi yo nasiya bo‘ladi. Nasiya bo‘lsa uning muddati belgilanishi shart. Aks holda savdo noto‘g‘ri - fosid bo‘ladi. Ikki tomonning muddat noma’lum bo‘lib qolishiga roziligi o‘tmaydi.
Belgilangan muddat kelgach sotuvchi istasa pulni darhol to‘lashni talab qiladi, istasa yana muhlat beraveradi. Muhimi savdoning avvalida aniq muddat belgilangan bo‘lishidir. Vallohu a’lam!

20 Dekabr 2023, 12:25 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar