Halol tijoratni boshlash haqida

Assalomu alaykum! Yaqin tanishim aroq do‘konni yopishga qaror qildi. Ichimliklarni olgan joyiga topshirib yubormoqchi. Shunday qilsa pulini qaytib berarkan, lekin bu ish bilan 3 yil shug‘ullandi. Shu qaytib olgan pullarini nima qilsa to‘g‘ri bo‘ladi? Bu pullarga halol ish boshlash mumkinmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom ishni boshlashdan oldingi dastmoya qilgan halol pulini chiqarib olishi mumkin. Qolganini savob umid qilmasdan faqir-miskinlarga sadaqa qilib yuboriladi. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 16:18 | Savol-javoblar | 140 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar