Onamga bergan pulimning foydasi

Assalomu alaykum! Onam savdo bilan shug‘ullanadilar. Men bir turdagi tovar uchun onamga 1.600.000 so‘m pul beraman. Yani shu meni pulimga o‘sha tovardan olib keladilar. Uni do‘konda sotganda 2.000.000ga sotiladi va shu 2 mlnni menga qaytaradilar. Shunda men 400ming foyda ko‘raman. Ammo men hech qanday harakat qilmayman, xuddi investitsiya kiritgandek bo‘laman. Pulimni to‘liq foydasi bilan qaytaryaptilar. Shunda shu topilgan pul halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, buning nomini ibdo’, ya’ni pulini tekinga aylantirib berish deyiladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 07:18 | Savol-javoblar | 209 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar