Ota bergan sovg‘alaridan zakot
Assalomu alaykum! Otam qizimga deb niyat qilib olingan yoki manga sovg‘a qilingan tilla taqinchoqlar 85 gramdan oshgan bo‘lsa, men balog‘atga etgan, lekin xech qaerda ishlamaydigan bo‘lsam xam shu tilla taqinchoqlardan xisoblab zakot berishim kerakmi? Yoki otam tulasa joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zakotini chiqarishingiz shart. Zakot Qur’on oyatlari va Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari bilan farz bo‘lgan. Musulmonlar barcha asrlar va o‘lkalarda zakotning farzligiga ijmo’ qilishgan.
Qur’oni Karimda zakotning farzligi va uning fazilatlari haqida bir necha oyati karimalar nozil bo‘lgan. Qur’oni Karimda «zakot» so‘zi o‘ttiz martadan ortiq kelgan bo‘lsa, shundan yigirma ettitasida u namoz bilan birga zikr qilingan. وَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ «Namozni to‘kis ado etinglar, zakot beringlar va Rasulga itoat qilinglar. Shoyadki, rahm qilinsangiz» (Nur surasi, 56-oyat).عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا أَدَّيْتَ زَكَاةَ مَالِكَ، فَقَدْ قَضَيْتَ مَا عَلَيْكَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Molingning zakotini ado qilgan bo‘lsang, batahqiq, zimmangdagi(burch)ni bajaribsan», dedilar».
Termiziy rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 07:18 | Savol-javoblar | 163 | Zakot