Duo davomiyligi

Assalomu alaykum, muhtaram Shayx Hazratlari.Sizga bir masalada savol bermoqchi edim.Savolni kengroq izohlab berishga ijozat bergaysiz. Kundalik turmushda ko‘p duo qilishlarga guvoh bo‘lamiz. Ayniqsa, to‘ylar va ma’rakalarda duoga qo‘l ochgan odamlarga uzoqdan-uzoq duo qilish holatlari ko‘p uchraydi. Hatto, to‘ylarda qudalarga to‘n kiygazish holatlarida uzundan-uzun, davomli duolar beradigan "dejurniy" duochilar paydo bo‘lgan. O‘ta chiroyli va haddan tashqari davomli duo qilib bergani uchun to‘y egasidan haq ham talab qilishmoqda (to‘yma-to‘y yuradigan otarchilar misoli). Bu holatlar ko‘pchilikni orasida noqulaylik keltirib chiqishiga, hatto odamlarning g‘ashiga tegishiga sabab bo‘lmoqda. Janoza tadbirlarida (qabristonda) ham domlalar uzoqdan-uzoqdan duolar orqali jamoatga biroz noqulayliklar tug‘ilishiga o‘rin qoldirishmoqda.Muhtaram Hazrat, savolim quyidagicha: dinimizda duo qilishda lo‘ndalik, qisqalik ma’qullanadimi?Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ma’qullanadi. Buni “Hadis va Hayot” silsilasining “duo”ga oid juzida to‘liq bayon etilgan.

2 May 2022, 14:47 | Savol-javoblar | 148 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar