Men qanday yo‘l tutay

Assalomu alaykum! Men xozirda oilaviy xaetim borasida juda uylanib qoldim. Men 2 marta uylanganman. 1-turmuim 10 yil yashab 3 nafar farzandim bilan ota onasinikiga ketib yuborgan. Keyin men turmush o‘rtog‘im bilan 1,5 yil bola talashib sudlashdim va natijada yutkazdim. Keyin 2-marotaba uylandim va 1 nafar farzandlik bo‘ldim. Lekin keyingi oilam bilan xech qancha yashamadim u bilan xam ajrashdim, ammo men 2 oilamni tashlab qo‘ymadim u bilan ota onamdan boshqa uyda va oxiri dala xovlimda yashab keldim. Orada 3 nafar farzandlar borligi uchun 1 turmushimni olib keldim va 4 farzandim tug‘ildi. Ming afsuski turmush o‘rtog‘im 4 yil yashab yana ota onasinikiga ketib yubordi. Oilada Bir o‘g‘ilman ota onam bilan va bir nafar to‘ng‘ich o‘g‘lim bilan yashaymiz. Xozirga kelib o‘g‘lim 20 ga kirdi ota onam keksayib qoldi. Men har ikkala turmushim bilan xam yashamayman. Boshqa oila qurmoqchi bo‘ldim lekin Allohni amri bilan bitayotgan ish yani men olmoqchi bo‘lgan xotin bir sabab bilan to‘xtab yoki bitmayapti. Xozirda farzandlarim barchasi katta bo‘lib qolgan. Onam va opa singillarim 1 oilamni tiklashmoqchi. Lekin meni dadam menga agar xar qaysi xotining bilan shu darvozadan olib kelib yashasang oq qilaman, agar o‘lib ketsam go‘rimda tik turaman degan. Lekin xozirga kelib dadam bolalar uchun men gapimdan qaytaman demoqda. Menga iltimos maslaxat beringlar. Juda qiyin axvoldaman. Oilamni olib kelib yashashim uchun men qanday yo‘l tutay. Dadam gapini qaytarib olsa nima qilish kerak. Men Allohdan qo‘rqyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar o‘sha ayolingizga taloq bermagan yoki janjal bo‘lganida yoki ketayotganida taloqqa dalolat qiladigan gaplarni aytmagan bo‘lsangiz olib kelib yashashingiz mumkin. Qolaversa dadangiz ham bolalar uchun fikrlaridan qaytib gaplarini qaytarib olibdi. Oilangni olib kelsangi oqq qilaman, go‘rimda tik turaman degani qasamga o‘tmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 07:40 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar