imom tamonidan belgilangan nazr
assalomu alaykum men sizdan so‘ramoqchi bo‘lgan masala men va meni oila a‘zolarim uchun o‘ta muhim bo‘lib u bizni bernecha kundan beri o‘ylantirib kelmoqda yaqinda otam dardga chalinib hastaxonaga tushib qoldilar biz dardlariga shifo bo‘lsin deb turli muolajalr qildik va shu qatori qalb shifosi uchun o‘zimizga yaqin bo‘lgan masjiddan imomimiz noiblarini chaqirib chil yosin aildirishni niyat qildik bizaytgan kishi keldilar 4 kun qatnab chil yosin qildilar lekin 5 kuni (so‘ngi kuni) kelganda (chil yosin yakuniga etmay turib) 3000 aqsh dollari miqdorida nazr tushgani aytib pulni so‘radilar lekin biz bunga rozi bo‘lmadik. shu sabab chil yosin ohiriga etmay qoldi. yaqinda bir tanishimiz o‘sha domlaning oldiga chiqgan ekan biz haqimizda so‘rab o‘sha pulni bermaganimiz uchun o‘sha qilgan duolarini va shu duo, tilovotlar ortidan topilgan shifoni nazarda tutib men o‘sha oilaga kelgan yomonliklarni o‘zlariga qaytarishga majbur bo‘ldim chunki o‘sha tilovatlarim va u oilani falokatdan qutqarishga urinib qilgan harakatlarimdan o‘zim zarar topdim shu uchun o‘sha barcha ishlarni qanday bo‘lsa o‘shanday qilib qaytardim deya (shikoyat va norizolik bildiribdilar) masalaning yana bir tarafi otamning pullari ko‘p yillardan beri shariyatda zakot uchun belgilangan nisobga etgan lekin zakotbermas edilar ammo shunga qaramay muhtojlarga hech qachon rad javobini bermaganlar va har doim ularga g‘amhorlik qilardilar) sizga savol domlaning qilgan ishlari shariyatimizda ko‘rsatilganmi haqiyqatdan ham biz dolmladan biror aziyat chekishimiz mumkinmi, yoki belgilangan nazr pulini bermay biz hato qildikmi? lekin domlaga har bir chaqirgan kunimiz uchun (fi sabillulloh 10000 so‘m ) dan pul berdik domlani so‘ngida belgilagan nazr miqdorlari to‘g‘rimi ? javobingizni intizorlik bilan kutamiz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur shaxsning qilgan ishlari va aytgan gaplari hammasi noto‘g‘ri.
2 May 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 157 | Aqiyda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur shaxsning qilgan ishlari va aytgan gaplari hammasi noto‘g‘ri.
2 May 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 157 | Aqiyda