Xuftondi farziga kech qoldim

Assalomu alaykum! Bir tanishimni nomidan yozyabman. Xuftonga kelsam jamoa birinchi rakatni o‘qib bo‘lishgan ekan, ikkinchi rakatdan qo‘shildim. Imom to‘rtinchi rakatni tugatib qadai oxirga o‘tirmasdan beshinchi rakatga turib ketdi va oltinchi rakatni ham o‘qib qo‘ydi. Men esa to‘rtinchi rakatdan keyin o‘rnimdan turmasdan jamoani oltinchi rakatni tugatishini kutdim, imom o‘ng elkaga salom bergandan keyin turib birinchi rakatni o‘qishni boshladim. Bu vaqta imom namozni tugatib jamoadan uzr so‘rab xuftondi boshqatdan o‘qishini aytdi, men esa namozim durust bo‘lmadi deb turgan xolatimda salom berib namozimni tugatdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Adashganini bilganda, luqma berib to‘g‘rilash kerak edi. Ammo imomga iqtido qilsangiz, imom qanday o‘qisa, shunga ergashish kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 07:51 | Savol-javoblar | 166 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar