Ishxona faoliyatida ribo aralashgan bo‘lsa

Assalomu alaykum! Biror joyga ishga joylashishdan oldin bir narsani aniqlashtirib olmoqchi edim. Agar men biron-bir tsexga, avtomoykaga, restoranga yoki do‘konga oddiy ishchi sifatida ishga kirsam-u, ish beruvchi shaxs o‘z ishini kredit olib boshlagan bo‘lsa (yoki kredit malum miqdorda aralashgan bo‘lsa), u erda ishlashim joizmi? Otam bankka qo‘ygan puldan ro‘zg‘orga katta miqdorda aralashgan, "biron tayinli ish topsang, pulimni olaman bankdan" degan edilar. Uyda o‘tirsam bu riboni eyayotgan bo‘laman, agar ish topsam-u, u erda yuqorida aytgan holat bo‘lsa bunda ham riboga qo‘shilgan bo‘lamanmi? Bordi-yu toza, halol yo‘l bilan faoliyatini boshlagan ishxona topmasam-u, ikki yo‘ldan birini tanlash kerak bo‘lsa, qanday yo‘l tutishim kerak? Aziz ustozlar, uzr so‘rayman savolim juda cho‘zilib ketdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Riboga pul olib ish qilayotgan ishxona agar halol ish turi bilan shug‘ullansa, unda ishlash joiz. Faqat ribo ishiga aralashmasligi kerak. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 07:51 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar