Kitob ushlab qarg‘anish

Assalomu alaykum! Xo‘jaynim ko‘p ichib urish qilgani sababli qizlarim qo‘rqoq bo‘lib qolishdi. Va men ichsangiz yashamayman deb aytdim. Ichmayman endi deb aytaveradi lekin yana qayta ichaveradi. Gunox bo‘lishini bila turib Quroni karim kitobini ushlab vada bering dedim. Va u ushlab qaytib ichmayman dedi. Doim ichkisi kelsa men bilan tortishib qolmoqla. Agar yana ichkilik ichib olsa nima bo‘ladi Sizlardan kelgan javobni xo‘jaynimga o‘qitishim kerak. Xo‘jaynim qaytarib olsam bo‘larmikin deb o‘ylamoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaytarib ololmaydi. Ozroq sabr qilinglar zora shu bilan bu illatni tashlab yuborsa. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 07:40 | Savol-javoblar | 169 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar