Bir odamni ayblasa o‘ziga qaytadimi
Assalomu alaykum! Bir insonga nisbatan ishlatilgan fikr ikki insonga biriga taaluqli bo‘ladi, degan mazmunda hadis bormi? Ya’ni, men kimgadir siz o‘g‘risiz desam, u o‘g‘ri bo‘lmasa men o‘g‘ri bo‘lib qolamanmi? Bo‘lsa to‘liq matnni yozib bering iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda birovga nohaqdan ayb qo‘yishdan qaytarilgan. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَيُّمَا امْرِئٍ قَالَ لِأَخِيهِ يَا كَافِرُ فَقَدْ بَاءَ بِهَا أَحَدُهُمَا، إِنْ كَانَ كَمَا قَالَ وَإِلَّا رَجَعَتْ عَلَيْهِ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qay bir kishi o‘z birodariga «Ey kofir», desa, o‘sha narsa ikkisidan biriga qaytadi – agar uning aytganidek bo‘lsa (bo‘ldi) bo‘lmasa uning o‘ziga qaytadi», dedilar».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Bir kishini kufrda ayblash eng katta so‘kishdir. Mo‘min kishi uchun bundan ortiq haqorat bo‘lishi ham mumkin emas. Bu ish shunchalik og‘ir bo‘lganidan ushbu hadisi sharifda masala bir yo‘la ko‘ndalangiga qo‘yilmoqda. Bir odam boshqa bir odamni kofirlikda ayblamoqchi bo‘lsa, o‘ylab ish qilsin. Agar «Ey kofir», deb so‘kilgan kishi kofir bo‘lmasa, so‘kkanning o‘zi kofirga aylanishi turgan gap.
Afsuski, ba’zi kishilar bu nozik va mas’uliyatli masalaga etarli ahamiyat bermay, sal narsaga kishilarni kofirga chiqarib yuborishni yaxshi ko‘radilar. Ular o‘zlarining bu ishlari o‘zlari uchun o‘ta xatarli ekanini bilib qo‘yishlari va shunga qarab ish tutishlari lozim.عَنْ أَبِي ذَرٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ سَمِعَ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: لَا يَرْمِي رَجُلٌ رَجُلًا بِالْفُسُوقِ وَلَا يَرْمِيهِ بِالْكُفْرِ إِلَّا ارْتَدَّتْ عَلَيْهِ إِنْ لَمْ يَكُنْ صَاحِبُهُ كَذَلِكَ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«U kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Bir kishi boshqa kishini fosiqlikda yoki kofirlikda ayblagan bo‘lsa-yu, sohibi unday bo‘lmasa, albatta, o‘sha narsa o‘ziga qaytadi», deganlarini eshitgan ekanlar».
Ikki shayx rivoyat qilganlar.
Sharh: Shuning uchun tilga erk berib, boshqalarni fosiqlikda yoki kofirlikda ayblayverish yaxshi emas. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 08:01 | Savol-javoblar | 164 | Hadislar