Ayol kishi bloggerlik qilishi

Assalomu alaykum! Meni anchadan beri qiynab kelayotgan bir savol bor edi. Men asosan uyda o‘tiraman. Internet tarmog‘i orqali biroz bo‘lsada vaqtimni unumli o‘tkazish va pul topish niyatim bor. Ya’ni hozirgi kundagi bloggerlik deb nomlangan faoliyat bilan shug‘ullanmoqchi edim. Albatta bunda blogim faqatgina ayollar uchun turli maslaxatlar, uy yumushlarini osonlashtiruvchi ba’zi bir bilim va ko‘nikmalarimni bermoqchiman. Bundan tashqari o‘zim tilshunos(ingliz tili) pedagog sifatida ham yosh onalarga farzandlarini qanday o‘qitishlari kerakligi haqida ham o‘z bilimlarimni bo‘lishmoqchiman. Muammo shundaki men hijobdaman. Begona erkaklarga ko‘rinishni u qadar ham yoqirmayman. Lekin blog olib borish faoliyatimda oilam va o‘zimning sur’atlarimni o‘z sahifamga joylashim yoki o‘zimni ko‘rsatib gapirishim mumkinmi? Bunda biror bir gunoh orttirib olmaymanmi? O‘zimni ko‘rsatib ham blog olib borsam bo‘ladimi? Blogim faqatgina ayollar uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Fitnaga sabab bo‘lish ehtimoli katta. Ko‘rinmasdan faoliyat yurgazishni imkoni bo‘lsa shunday qiling. Bu bizni taklifimiz. Aslida shar’iy satr bilan ko‘rinish joiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 08:23 | Savol-javoblar | 176 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar