Pandemiya sababli juma namozga otam qarshi

Assalomu alaykum. Vaziyatni tushuntirishga biroz uzoq yozaman. Otam bilan bir joyda ishlayman. Ota onamda surunkali kasalliklar (davleniya, saxar, yurak etishmovchiligi) mavjud. Otam namoz o‘qimaydilar. 2010-yilda namoz o‘qishni boshlagandim (17yoshimda). O‘sha paytlarda diniy oqimlarni niqob qilib teroristik harakatlar ko‘payganligi sababli otam qarshilik qildilar. Namoz o‘qishni to‘xtatdim. 13 kundan beri namoz o‘qishni boshladim otamni ruhsati bilan. Bugun juma namozga bordim. Otam bilib qoldilar. Izlash xizmatidan ota qarshi bo‘lsa otangizga bildirib o‘tirmang degan javobni o‘qidim. Pandemiya sababli otam qat’iy qarshilik qilyaptilar juma namozga bormaslik bo‘yicha. Sabab esa pandemiya. Nima qilishni bilmay qoldim. Juma namozga bormasdan uyda peshinni o‘qisam bo‘ladimi? Yoki otamga norozi qilib jumaga boraymi? Avvali xudodan, sovid kasalligini yuqtirib olguday bo‘lsam uydagilarni havfga qo‘yaman. Otam bilan bir joyda ishlaymiz va bir joyda yashaymiz. To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishingizgi iltimos qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh asrasin! Jumaga borishga sizning otangizning ruxsati shart emas. Shuningdek jumada yuqishi mumkin bo‘lgan kasal, bozorda ham va boshqa joylarda ham yuqishi mumkin. Buning uchun karantin qoidalariga amal qilishingiz kerak. Jumani Alloh farz qilgan, bandasini rozi qilaman deb Allohni norozi qilinmaydi. Qalblarini hisobini qilib, borib keling. Yaxshi muomalada bo‘ling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 08:23 | Savol-javoblar | 146 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar