Hijolatli holat

Assalomu alaykum! Shifokor ayolman. Yoshim 31da. Hijobdaman va namozlarni o‘z vaqtida o‘qiyman. Onamlarning ochiq, shim va tor maykalarda biznikiga kelishlarida xo‘jaynimlar oldilarida juda hijolat bo‘laman. Lekin oxirgi marta bunday kiyinib kelsa boshqa kelmasligini aytdim. Juda ko‘p qo‘ng‘iroqlar qiladilar kechki payt hammamiz uydaligimizda. Xo‘jaynimlarga bu ish yoqmasligini sezdim. Shu qo‘ng‘iroqlarga javob bermasam va onamni uyga keltirmasam gunohkor bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu ishni siz emas eringiz qilsa shariatga zid bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 00:09 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar