Zino va boshqa gunoxlar

Assalomu alaykum! Banda gunox ishlar qilgan bo‘lsa, zino va boshqa gunoxlar g‘iybat va yana boshqa gunoxi kabiralarni qilgan bo‘lsa o‘sha gunoxlarni Alloh unitib kechirib yuborishi uchun uning o‘tmishdagi gunoxlarini barchasini o‘chirib tashlashi uchun o‘sha banda eng ko‘p qaysi amallarni ko‘p qilishi lozim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bandaning gunohlari qanchalik ko‘p bo‘lmasin hargiz Allohning fazli va marhamatidan noumid bo‘lmasligi kerak. Alloh taolo tavba qilguvchilarning tavbasini qabul qilguvchi zotdir. Gunohlarning o‘chirilishiga sabab bo‘luvchi eng katta omil bu bandaning qilgan haqiqiy tavbasi va istig‘foridir. Qanchalik ko‘p tavba qilsa, qilgan ishidan pushaymonlik his qilsa, Allohning ne’matlariga noshukr bo‘lganiga iqror bo‘lsa, qaytib bu razolatga yaqinlashmasa, Alloh uchun bu eng mahbub bandalardan biri bo‘ladi. Alloh taolo tavba qilguvchi bandalarini yaxshi ko‘radi. Agar qilgan gunohi o‘g‘irlik, qaroqchilik, g‘iybat, tuhmat kabi bandalar haqqiga taalluqli bo‘lsa, ularning roziligini shart.  Shuningdek, mo‘min qilgan yaxshi, savobli amallari, xayr-ehson, sadaqa, amri-ma’ruf va nahy-munkari uning gunohlari to‘kilishiga sabab bo‘ladi. Katta bo‘lsin, kichik bo‘lsin, har qanday solih amalni qoldirmay bajarishga haris bo‘lishi lozim. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 08:34 | Savol-javoblar | 176 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar