Ota onam xohishlari
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar! Hozir talabaman, iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha 2-kursda o‘qiyman. O‘zimga kasb tanlaydigan vaqtim ilmsizlik qilib adashib shu yo‘nalishni tanlaganman. Kelajakda bankka ishlash rejam yo‘q edi hozir. Keyinchalik bugalteriyani o‘rganib bugalter bo‘lish niyatida yurgandim. Yaqinda chiqqan prezident farmoniga ko‘ra talabalarga ishlash uchun barcha imkoniyatlar berilyapti. Shundan beri ota onam sani bankka ishga kirgizamiz deb holi jonimga qo‘yishmayapti. 1 yildan beri bekor yurmay deb bir spirtli ichimliklar ichish mumkin bo‘lmagan choyxonaga ishlayman. O‘qishim boshlansa haftada 3 4 kun ishlab kelaman. Kanikulda har kuni ishlayman. Bankning riboga aloqasi bo‘lmagan joyda ishlash mumkinligini bilaman. Lekin hozir boshqa bo‘limlarga deyarli bo‘sh ish o‘rni yo‘q. Buni dadamga ham aytdim lekin ular otam ham bir narsani biladi deginda aytganimni qil deyaptilar. Dadam Rossiyadalar. Bizni boqish uchun ketganlar buni ham tushunib turimman. Ammo men kelajakda o‘zim ham oila aʼzolarimga ham harom luqma edirishni xohlamayman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menday bir gunohkor ummatlarini tushida ko‘p bor yo‘qladilar. Bundan keyin ham qanday qilib eng og‘ir gunohlardan bo‘lgan ishni qilishim mumkin. Iltimos maslahat beringlar ustozlar. Hozir boshi berk ko‘chaga kirib qolgandekman. Ota onamni xohishlariga qarab ishlaymi yoki ularni aytganlarini qilmasdan ularni norizo qilaymi. Ota ona gunoh ishga buyurgan vaqtida qilmaslik kerakligini agar ular oq qilgan taqdirda ham bu o‘tmasligini bilaman. Lekin ularni duolaridan quruq qolishdan qo‘rqyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Holatingizning echimini o‘zingiz ham bilar ekansiz. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 06:41 | Savol-javoblar | 185 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Holatingizning echimini o‘zingiz ham bilar ekansiz. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 06:41 | Savol-javoblar | 185 | Moliya va tijorat