Duradgorlik kasbi halolmi?
Assalomu alaykum fazilatli Shayx Hazratlari. Alloh umringizga va ilmingizga barakalarini ziyoda qilsin! Hazrat biz duradgormiz. Sandiq qilamiz. Sandiqlarni odatda uydan savdogarlarga sotamiz. Sandiqlarning taxtasini quritib qilamiz. Lekin taxtani quritish uchun biroz ko‘proq vaqt kerak. Shu sababli gohida savdogarlarga sandiqni etkazib bera olmaymiz. Bizdan sandiq oladigan savdogarlarning deyarli barchasi o‘zini musulmon deb da’vo qiladigan ammo islomga amal qilmaydigan kishilar. Ular bizga "Mayli, sandiqni taxtasini yaxshilab quritmasdan ham qilib beraveringlar" deydi. Ular bizdan sandiqni olib mijozga sotishadi. Yaxshilab quritilmagan taxtadan qilingan sandiq esa biroz vaqt o‘tgach nuqsonli bo‘lib qoladi. Hazrat shunday holatda biz qanday yo‘l tutishligimiz lozim? Ya’ni ular o‘zi rozi bo‘lib taxtasi yaxshilab quritilmagan sandiqni xarid qilmoqchi bo‘lsa, biz ularga sandiq tayyorlab bersak shu sandiqlarni puli halol bo‘ladimi? Javobingiz uchun rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Gunoh. Xususan xaridordan berkitayotgan bo‘lsa.
2 May 2022, 15:02 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Gunoh. Xususan xaridordan berkitayotgan bo‘lsa.
2 May 2022, 15:02 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom