Muddati o‘tgan dori sotish

Assalomu alaykum! Yaqinda bir noxush hodisa sodir bo‘ldi. Doimo harid qiladigan aptekadan turmush o‘rtog‘imga dori olib kelishlari uchun jo‘natdim.(Ayollar uchun svecha) Ammo olib kelgan svechani ochsam yarimi yo‘q, yoki erib ketgan, yoki oxirigacha quyilmagan yaroqsiz mahsulot. Darrov turmush o‘rtog‘imga berib alishtirib kelishini so‘radim, sotuvchi alishtirib beribdi. Lekin bunisiniyam ochib qarasam xuddi shu ahvol, bu safar, pulni qaytarib oling boshqa joydan olamiz dedim. Ammo sotuvchi bu safar na pulni, na dorini beribdi. O‘zlaring buzganslar debdi, turmush o‘rtog‘im qancha tortishmasin pulni qaytarishmabdi. Turmush o‘rtog‘im qo‘lida yaroqsiz dori bilan qaytib keldi. Biz u dorini axlatga tashlab yubordik, chunki umuman yaroqsiz narsa. Bu aptekadan doim dori olardik, hech bunaqa holat bo‘lmagan edi. Sotuvchi yigit soqoli bir qarich, ayollari hijobda bo‘lganligi uchun turmush o‘rtog‘imga o‘shalardan dori oling oz bo‘lsayam taqvodorlarga foydasi tegsin derdim. Lekin oxirgi qilgan ishlari bizni judayam mahzun qildi. Turmush o‘rtog‘im kasalligi sabab ishsiz, men esa homiladorligimga qaramay topgan ozgina pulimizga kun ko‘rardik. O‘sha oxirgi pulimiz ham o‘sha yaroqsiz doriga ketdi, men esa o‘sha dorini keyinchalik ham sotib ololmadim. Turmush o‘rtog‘im janjal qilmoqchi bo‘ldilar aptekachi bola bilan, men, qo‘ying musulmonni musulmon bilan urishishi harom deb qaytardim, ammo o‘zim judayam hafa bo‘ldim. Keyinchalik o‘ylab qoldim balki biz ham notug‘ri qigandurmiz, ular ham taqvodorlarga o‘xshashadi birovni haqini eb ketishmas deb o‘ylab qoldim. Shu sabab sizga savol yo‘llashga qaror qildim. Bu erda biz qanday yo‘l tutishimiz to‘g‘ri bo‘lardi? Agar biz haq bo‘lsak, u holda taqvo libosini kiyib bunaqa nojoiz ishlar bilan shug‘ullanadigan "musulmonlar" bilan qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aybni o‘zlaringizdan ham qidiringlar. Eringiz ham noshudlik qilmasdan ikkinchi borganida o‘sha erni o‘zida ochib ko‘rishi kerak edi. Dorini aptekadagi sotuvchi ishlab chiqarmaganku, u ham qaerdan bilsin? Vallohu a’lam!

12 May 2022, 08:56 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar