Pora xaromligi

Assalomu alaykum! Pora harom qilinganligi haqida kelgan hadislardan namunalarni ko‘rsatsangizlar. Zora poraxo‘rlikni o‘zlariga "obro‘" kabi ko‘rayotgan do‘stlarimiz xulosa qilsalar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Poraning ta’rifi عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ  رضي الله عنه ، قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ  صلي الله عليه وسلم الرَّاشِيَ وَالْمُرْتَشِيَ فِي الْحُكْمِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hukmda pora beruvchini va pora oluvchini la’natladilar».
Termiziy va Ahmad rivoyat qilishgan.
Allohdan O‘zi xush ko‘radigan va rozi bo‘ladigan narsaga muvaffaq qilishini so‘raymiz. Allohu a’lam. Pora arab tilida «rishva» deb atalib, shar’iy istilohda adolatni yo‘qqa chiqarish va botilni yuzaga chiqarish uchun beriladigan narsaga ishlatiladi. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pora beruvchini ham, pora oluvchini ham la’natlamoqdalar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning la’natlari juda og‘ir jazodir, chunki la’nat birovning Allohning rahmatidan uzoq bo‘lishini so‘rashdir. Allohning mahbub Rasuli Alloh taolodan so‘ragan narsa bo‘lmay qolmasligi hammaga ma’lum. Sodrush Shahiydonning «Adabul qoziy» nomli kitobida bu haqda quyidagilar aytilgan:
«Pora to‘rt xil bo‘ladi:
1. Qozi bo‘lish uchun pora berish. Olganga ham, berganga ham harom. Bu holda u qozi bo‘lmaydi.
2. Qozilik qilgani uchun pora olish. Olganga ham, berganga ham harom va agar haq bo‘lsa ham, hukmi o‘tmaydi.
3. O‘ziga yoki moliga bo‘lgan xavfni qaytarish uchun berilgan pora. Bu olganga harom, berganga emas.
4. Sultonning huzurida holi yaxshilanishi uchun berilgan pora. Olganga harom». ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:17 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar