TBS Uz bank va 1hls ilovasi moliyasi
Assalomu alaykum! 1) TBS UZ bankning onlayn ilovasida onlan depozit omonat qo‘ysak, qo‘yilgan mablag‘ hech qaerga kesib olinmaydi, va yiliga ma’lum bir foiz miqdorda foyda keltiradi. Shu turdagi foyda halolmi, ribomi? P.S: Boshqa bir fatvoda, Humans hisobda qo‘yilgan mablag‘ uchun yillik 20% ni har kuni Keshbek sifatida berilishi joiz deb berilgan. 2) Uzr, bu fatvoni ustidan qilingan muhokama emas. Shunchaki aniqlik kiritmoqchiman. 1 hls "Sog‘lom turmush tarzi" ilovasidan olingan har kuni 10 000 qadam uchun 3 000 so‘m pul joiz deyilibdi. Bu ilova alkogol va sigaret sotuvchilaridan olinadigan maxsus yig‘im hisobiga moliyalashtirilishini inobatga olgansiz deb bilaman. To‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qo‘ysangiz bo‘ladi, ammo qo‘ygan pulingizni ustiga qo‘shilgan ustamani olish halol bo‘lmaydi. 2). Agar alkogol va sigaret sotuvchilaridan olinadigan maxsus yig‘im hisobiga moliyalashtirilsa , olmang. Bordiyu olsangiz, faqirlarga berib yuboring. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 172 | Moliya va tijorat