Ota o‘g‘lini mulkidan so‘ramasdan olsa bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Ota o‘z farzandlarini biror bir narsasini farzandlaridan so‘ramasdan olsa bo‘ladimi? Bu ish gunoxmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islom shariati ota va o‘g‘ilga alohida-alohida moliyaviy zimma joriy qilgan. Ota o‘z molidan zakot chiqaradi, farzand ham o‘z molidan zakot chiqaradi. Ota vafot etsa, o‘g‘il otasining molidan muayyan ulushnigina oladi, o‘g‘il vafot etsa ota ham o‘g‘lining molidan muayyan ulushnigina oladi. Agar o‘g‘ilning moli otasiga tegishli bo‘lganida merosda bunday taqsimot bo‘lmas edi. عن جابر رضي الله عنه أن رجلاً قال: يا رسول الله إن لي مالاً وولداً ، وإن أبي يريد أن يجتاح مالي، فقال: "أنت ومالك لأبيك Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallam xuzurlariga kelib, “Meni molim va farzandim bor. Otam molimdan foydalanishni iroda qilmoqda” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Sen ham, moling ham otangnikidir” dedilar".
Ushbu hadisda otaning farzand oldida darajasi qanchalik ulug‘ligi bayon qilinmoqda. Bundan ota o‘z farzandining molidan uning roziligisiz bemalol foydalanish mumkinligi tushunilmaydi. Hadisning ma’nosi shuki, ota faqir, muhtoj bo‘lsa o‘g‘ilning molidan ehtiyoji miqdoricha olishi joiz bo‘ladi. Agar o‘g‘ilning moli bo‘lmasa va ishlashga qodir bo‘lsa, u holda farzand ishlab otasiga nafaqa qilishi vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 09:18 | Savol-javoblar | 176 | Oila va turmush