Qo‘l berib ko‘rishish

Assalomu alaykum! Bir videoda ko‘rib qolgandim bir domla aytiki : uylanmagan qiz bilan yigit qo‘l ushlashib yursa yoki qo‘l berib so‘rashsa junub bo‘ladi ular endi namoz o‘qimoqchi bo‘lsa g‘usl qilish kerak tahorat qilib o‘qisa qabul bo‘lmaydi dedi shu gap rostmi? Agar shunday bo‘lsa men o‘zim studentman, 1-2 oyda shahardan uyga boraman, shunda amakilarimni ayollari bilan, 8-9 sinf qiz bola jiyanlarim bilan qo‘l berib ko‘rishaman bu ishimga nima maslahat berasiz bu ishim xatomi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushlashning o‘zi g‘uslni vojib qilmaydi. Shuning natijasida maniy chiqsagina g‘usl vojib bo‘ladi. Nomahramlar bir-birlarining qo‘llarini shahvat bilan ushlashlari harom. Hadisi sharifda bunday deyilgan:عن معقل بن يسار أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "لأن يطعن في رأس أحدكم بمخيط من حديد خير له من أن يمس امرأة لا تحل لهرواه الطبراني والبيهقيMa’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Sizlardan biringiz uchun halol bo‘lmagan ayolni ushlashdan ko‘ra boshiga temirdan bo‘lgan mixyat(igna, bigiz) sanchilishi yaxshiroqdir” dedilar". 
Roviylarning barchasi ishonchlidir.
(Tabaroniy va Bahaqiylar rivoyati).ولأن يزحم رجل خنزيرا متلطخا بطين أو حمأة خير له من أن يزحم منكبه منكب امرأة لا تحل لهرواه الطبراني Boshqa bir hadisda:“Kishining elkasi o‘ziga halol bo‘lmagan ayolning elkasiga tegishidan ko‘ra, u uchun loy va balchiqqa bulangan to‘ng‘izga tegishidan yaxshiroqdir” deganlar. (Tabaroniy rivoyati). Vallohu a’lam!

5 Oktabr 2023, 14:54 | Savol-javoblar | 0 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar