Ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabad

Assalomu alaykum! Bir kuni otam uyga kelib onamni (mening nazarimda)noxak ayblab janjal boshladi va Onamni do‘pposladi. Men onam taraf bo‘lib otamga qarshi ko‘plab gaplar gapirdim. Xozirda ular ajrashmoqchilar. Albatta onam otam bilan yaxshi muomalada bo‘lishimdan, muloqot qilishimdan xafa bo‘ladi. Bu vaziyatda nima qilishim kerak edi va bundan buyog‘iga qanday o‘zimni tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz oraga aralashib noto‘g‘ri qilgansiz. Onangizni tarafini olib otangizga qo‘pol gapirmasligingiz kerak edi. Ularni orasini yaxshilik bilan isloh qilishga urinish kerak edi. Endi kechirim so‘rab, iltimos qilib bu ishni qilmasliklarini so‘rang, oralarini isloh qilishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 09:18 | Savol-javoblar | 245 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar