Bayram tashakkurnomasi!
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar sizlarni bayram bilan juda kech tabriklayotganim uchun uzr so‘rayman. Men sizlarni 2015-16-yillardan buyon muntazam kuzatib boraman, o‘shanda namoz, ro‘za, kafforat qazo nimaligini umuman bilmasdim hech bir bilimim, malumotim yo‘q edi, mening eng birinchi o‘qigan kitobim xazratimizning “Odoblar hazinasi”ning 2-juzi edi, ana o‘sha kitob qalbimni nur, chirog‘ kabi yoritdi asta-sekin ko‘p narsalarni o‘rgandim. Keyin Allohni marhamati ila nimadur sabab bo‘ldi-yu sizlarni kanalizga a’zo bo‘ldim va kuzatishni, o‘rganishni boshladim, Robbim marhamati ila ro‘za tutishni boshladim, sizlardan zikr, tasbeh savob-u gunohni o‘rgandim va oliy-ulug‘ baxt Allohga sajda qilishlik baxtiga musharraf bo‘ldim. Ulug‘, mehribon go‘zal Robbimga o‘zidek pok muborak hamdlar bo‘lsinki U menga shuncha bandalari ichida hidoyat berdi va men Uning quli, bandasi ekanligimni angladim. Ammo bungayam nimadur sabab bo‘larkan, men eng katta ta’limni xazratimizning kitoblari va sizlardan oldim. Men sizlarni siz esa meni ko‘rmagansizlar, ammo menga qaysidur ma’noda USTOZ lik qildingizlar. Nafaqat menga juda ko‘pchilikka. Sabr ila bemani savollargayam javob beryapsizlar, katta rahmat. Sizlar tufayli qanday yaxshi amal, zikr-u savob qilsam o‘rgatganingizdek hazrati Odam ato alayhissalomdan to qiyomatgacha keluvchi barcha musulmonlar haqqiga bag‘ishlaydigan bo‘ldim. Agar yozganlarim orasida hatolik bo‘lsa buni mendan, yaxshilari bo‘lsa buni menga bergan beminnat ta’limizdan deb biling. Xazratimizni va sizlarni aziz qilib qo‘ygan Allohimga ulug‘ligiga va go‘zal ismlariga yarasha hamd-u sanolar bo‘lsin, Robbim rozi bo‘lsin sizlardan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qo‘shni bo‘lishlik va Allohning jamolini ko‘rishlik baxtiga siz-u bizni muyassar qilsin inshaalloh. Aziz ustozlarim bayramiz muborak bo‘lsin, Allohim avvalgi-yu keyingi gunohlarizni mag‘firat qilsin va savol-javobsiz jannatning to‘riga abadiy qolguvchilar qatorida qilsin omin. Agar hatolar bo‘lsa yana bir bor uzr, bitta iltimosim bor edi buni o‘qiyotgan har bir insondan, meni duo qilinglar tez orada Robbim meniyam hijobga qirishlik baxtiga sazovar qilsin va ota-onamgayam insof hidoyat bersin iltimos. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Duo va tilaklaringiz uchun tashakkur, Alloh ajrini bersin! Sizga ham manfaatli ilm bersin! O‘rganganingizga amal qilmoqlikni nasib qilsin! Hijobga bir daqiqa ham kechikmay kiring. Alloh iffatli, oriyatli va itoatli bandalari qatorida bo‘lishingizni oson qilsin! Ota-onangizga ham hidoyat bersin!
12 May 2022, 09:29 | Savol-javoblar | 144 | Ta’lim va muta’allim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Duo va tilaklaringiz uchun tashakkur, Alloh ajrini bersin! Sizga ham manfaatli ilm bersin! O‘rganganingizga amal qilmoqlikni nasib qilsin! Hijobga bir daqiqa ham kechikmay kiring. Alloh iffatli, oriyatli va itoatli bandalari qatorida bo‘lishingizni oson qilsin! Ota-onangizga ham hidoyat bersin!
12 May 2022, 09:29 | Savol-javoblar | 144 | Ta’lim va muta’allim