Ishxonadagi holat

Assalomu alaykum! Men ishda tabelchi bo‘lib ishlayman va har oyda tabel to‘ldirib kadrlar bo‘limiga topshiraman. Kadrlar bo‘limi ham tekshirib xatolarini to‘g‘irlab hisobchilarga beradi va shu bo‘yicha oylik maosh chiqadi. O‘tgan oyda ishchilardan ba’zilari 4 kun navbatchilikka kelishgan bo‘lsa men shuni tabelni kunlik ish soati (8 soat) yoziladigan qismiga kiritganman lekin tabelni oxiridagi "ortiqcha ishlagan kunlari" degan qismiga 3 kun deb xato kiritib ketibman va maosh ham 3 kunlikka chiqibdi va ortiqcha ishlagan 1 kuni uchun pul chiqmabdi. Shu holatni kadrlar bo‘limiga aytsam ular endi qolgan pulni bera olmaymiz. Yaxshisi otgul olishsin deyishdi. Shu vaziyatda ularning haqqi menda qolib ketmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Keyingi oyga qo‘shib berasizda. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 13:42 | Savol-javoblar | 177 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar