Tahorat masalasi Ber nechta savol

Assalomu alaykum! Menda tahorat bilan bog‘liq bir nechta savolar bor edi. Menda ko‘p hollarda ehtilom bo‘ladi. Suyuqlik chiqib tarqaladigan vaziyat ham tarqalmaydigan vaziyat ham bo‘ladi. Shu paytda namozga g‘usl bilan kirish kerak. Lekin g‘usl qilshga har doim ham sharoit bo‘lmaydi. Shunda ehtilom bo‘lganini bilsam-u lekin u chiqib yoyilmagan bo‘lsa g‘usl qilish kerakmi? 2). Bir tanishim tahoratni buzmay bavl qilsa bo‘ladi degandi. Uning gapiga uncha ishonmadim. Tahoratni buzmay bavl qilish qanday bo‘ladi? 3). Tahorat qilayoyganimda burnim qonaydigan bo‘lib qoldi. Paxta tiqmasam to‘xtamaydigan darajada ko‘p qonaydi. Shunday holatda tahorat qanday qilinadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). G‘usl qilish shart.2). Buning imkoni yo‘q. Bavl qilsa tahorat sinadi.3). To‘xtatib tahorat qilinadi. Vallohu a’lam!

28 Iyun 2022, 22:07 | Savol-javoblar | 197 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar